May 15, 2005

[Thinking-East] Web - Thinking-East in Uzbek

From UzbekVoice

Vebda yaqinda paydo bo'lgan "Thinking-East" saytining yangi 2.5 soni nashr etildi. Bu yerda men ushbu sonning O'zbekistonga tegishli bo'lgan qismlari to'g'risida qisqacha sharhlar berib o'taman.

Saytda xalqaro va mustaqil ommaviy axborot vositalarida katta shovshuvga ega bo'gan Kreyg Marrey(Craig Murray) janoblari haqida alohida debat sahifa ajratilgan. Agar siz siyosat bilan qiziqsangiz va O'zbekistonning tashqi siyosati bilan xabardor bo'lsangiz Marrey janoblari haqida xabardorsiz.

Shunday bo'lsada bu odam haqida qisqacha ma'lumot:

Kreyg Marrey -Buyuk Britaniyaning O'zbekistondagi sobiq elchisi(2002-2004-yillarda). 47 yoshda. 2002 yilda Toshkentga yuborilgan bu janob, 2004 yil 14-oktyabrida o'z lavozimidan chetlatildi. Chetlatilishining sababi o'zi va uni qo'llovchi manbalar uning Buyuk Britaniyani O'zbekistondagi inson huquqlarini buzilishida unga hamkorlik qilayotganini tanqid qilgani uchun deyishsa, boshqa manbalarda uning Toshkentdagi o'zini ko'rsatishga bo'lgan "hatti-harakatlari" sabab qilib ko'rsatiladi. U o'zining vebsaytiga ham ega. Asosiy raqibi - uni elchilikdan chetlatgan odam, Britaniya Tashqi ishlar Vaziri, Jekk Strou(Jack Straw) janoblaridir. Agar siz BBC va Ozodlik radiosini muntazam tinglab borgan bo'lsangiz u haqida batafsil ma'lumotga egasiz degan umiddaman.

Posted by Ben at May 15, 2005 05:30 PM